Foydalanish shartlari
Qulay platformasidan foydalanish qoidalari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 18-may
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Foydalanish shartlari (keyingi o'rinlarda — «Shartlar») Qulay Nazorat platformasidan (keyingi o'rinlarda — «Xizmat») foydalanish qoidalarini belgilaydi. Xizmatdan foydalanib, siz shartlarning barcha bandlarini qabul qilgan bo'lasiz.
2. Hisob ochish
Xizmatdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish va shaxsiy hisobni ochish kerak. Ro'yxatdan o'tishda taqdim etilgan ma'lumotlar to'g'ri va dolzarb bo'lishi shart. Hisob ma'lumotlarini maxfiy saqlash to'liq foydalanuvchi mas'uliyatidir.
3. Xizmatdan foydalanish
Xizmat Qulay Nazorat tomonidan POS (kassa) operatsiyalari, omborni boshqarish, sotuvlarni hisobga olish va shu kabi maqsadlarda taqdim etiladi. Foydalanuvchi xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi shart.
4. To'lov va obuna
Xizmat haqida ma'lumot va obuna rejalari saytda joylashgan. To'lovlar ko'rsatilgan davriylikda olinadi. To'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, hisobga vaqtinchalik cheklov qo'yilishi mumkin.
5. Ma'lumotlar mulkchiligi
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan barcha biznes ma'lumotlari (mahsulotlar, sotuvlar, mijozlar va h.k.) o'sha foydalanuvchining shaxsiy mulki hisoblanadi. Qulay Nazorat ma'lumotlardan faqat xizmat ko'rsatish maqsadida foydalanadi.
6. Ma'sulyat cheklovlari
Qulay Nazorat xizmatlarning uzluksiz ishlashi uchun barcha choralarni ko'radi. Biroq, texnik nosozliklar, internet ulanish muammolari yoki force majeure holatlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.
7. Hisobni bekor qilish
Foydalanuvchi istalgan vaqtda hisobini bekor qilishi mumkin. Qulay Nazorat ham shartlar buzilgan taqdirda, hisobni vaqtinchalik yoki butunlay bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
8. Shartlarga o'zgartirishlar
Qulay Nazorat ushbu shartlarga o'zgartirish kiritishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida foydalanuvchilarga email yoki ilova ichidagi bildirishnomalar orqali xabar beriladi.
9. Bog'lanish
Savollar yoki takliflar bo'yicha: support@qulay.app
© 2026 Qulay Nazorat
Maxfiylik siyosati →